Yangiliklarga qaytish
Umumiy

OʻRINBOSARLARIMIZDAN IShONChLI GʻALABA

28-sentabr, 2023·1 min o'qish
IMG_20230929_052259_338

U-21 chempionati 20-tur doirasida boʻlib oʻtgan "Neftchi"-"Buxoro" oʻrinbosarlar jamoalarining bahsida fargʻonalik futbolchilar 7:0 hisobida ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritdilar. Birinchi boʻlimda jamoamiz vakillari ancha hujumkor oʻyin namoyish etishib,18 va 45(+1) daqiqalarda ikkita toʻp kiritishga muvaffaq boʻldilar. Har ikkala golga ham isteʼdodli hujumchimiz Muxsin Bozorov mualliflik qildi. Aytib oʻtish joiz, bellashuvning 32-daqiqasida mezbonlar tomonidan qayd etilgan qoidabuzarlik natijasida Mustafa Chabanov qizil kartochkaga loyiq deb topildi va maydondan chetlatildi. Ikkinchi boʻlimni ham ustunlikda oʻtkazgan oʻrinbosarlarimiz 69-daqiqaga kelib uchinchi golni urishga erishdilar. Bu vaziyatda xet-trik qayd etgan Muxsin Bozorov gol muallifi boʻldi. Shundan soʻng buxoroliklar darvozasiga ketma-ket gollar yogʻila boshladi. 72-daqiqada Abdulvosid Vosidjonov, 74-daqiqada Muhammadali Xolmatov,84-daqiqada Abdulvosid Vosidjonov, 87-daqiqada Diyorbek Ubaydullaevlar bir-biridan chiroyli gollarga egalik qilishdi. Shiddatli va keskin kurashlar ostida kechgan bellashuvda oʻrinbosarlarimiz yirik 7:0 hisobida "Buxoro" klubini magʻlub etdilar. Oʻzbekiston U21 birinchiligi "Neftchi" U21 7:0 "Buxoro" U21 Gollar: Muhsin Bozorov, 18 (1:0), Muhsin Bozorov, 45+2 (2:0), Muhsin Bozorov, 69 (3:0), Abdulvosid Vosidjonov, 72 (4:0), Muhammadali Xolmatov, 74 (5:0), Abdulvosid Vosidjonov, 84 (6:0), Diyorbek Ubaydullaev, 87 (7:0) Bugungi uchrashuv rasmiylari: Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Shoxrux Azamov, Bobur Zokirov, Azizbek Isakov Nazoratchi: Konstantin Smirnov Komissar: Davron Ibrohimov "Neftchi"(U21): 1.Asror Kenjaev 14.Raxmonjon Roʻziev 15.Muhsin Bozorov 27.Muhammadali Xolmatov 29.Afzal Zokirov 33.Abdulvosid Vosidjonov 50.Shoxruxbek Yoqubjonov 66.Doniyor Valiev 71.Nodirbek Ahmadjonov 88.Xumoyun Bozorboev 99.Azamat Tolibjonov Zaxirada: 16.Muxriddin Shermatov 25.Diyorbek Ubaydullaev 31.Javohir Qosimov 43.Abdulaziz Salohiddinov 44.Mirasror Mirabrorov 65.Dilshodjon Erkinov 91.Musomalik Rustamov 97.Davronbek Sultonbekov Bosh murabbiy: Aziz Alijonov "Buxoro"(U21): 32.Dovud Ibrohimov 6.Begzod Kamolov 12.Mustafa Chabanov 19.Bexruz Baxodirov 21.Raximjon Obidov 27.Shaxjaxon Xayrulloev 29.Chingizxon Qodirov 44.Suxrob Botirov 47.Mironshox Sattorov 89.Shodmonbek Baxtiyorov Zaxirada: 18.Umidbek Raximov 79.Shoxruxxon Teshaev 87.Isomiddin Nusratov 97.Ilxomjon Farmonov Murabbiy: Otajon Avezov Chetlatish: Mustafa Chabanov 32 (Buxoro) 🟡"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar