Yangiliklarga qaytish
Umumiy

O‘RINBOSARLARIMIZDA HAM TAYYORGARLIK QIZGʻIN DAVOM ETMOQDA

2-mart, 2025·1 min o'qish
photo_2025-02-14_15-16-09

Jamoamizning asosiy tarkibi kabi "Neftchi"ning (U-21) hamda (U-19) futbolchilari ham yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini jadal suratlar bilan olib bormoqdalar. Har ikkala jamoa o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini Qirgulidagi "Neftchi" SK qarorgohida va Marg‘ilon shahridagi "Mehnat" futbol maktabi maydonida o‘tkazib kelmoqda. Tasdiqlangan rejaga muvofiq tayyorgarlik jarayoni davomida sinov-nazorat uchrashuvlari ham rejadan o‘rin olgan. Jumladan, bugun "Neftchi" (U-21) futbolchilari Bag‘dodning "Bag‘dodchi" jamoasi bilan kuch sinashdilar. Bellashuvda jamoalar jangovar 3:3 hisobida durang natijani qayd etishdi. O‘rinbosarlarimizdan barcha gollarga Abdulaziz Salohiddinov mualliflik qildi. "Neftchi"(U-21)—"Bag‘dodchi" 3:3 Gollar: Abdulaziz Salohiddinov 41,70,80

Ulashish

O'xshash yangiliklar