OʻRINBOSARLAR JAMOAMIZ YIRIK HISOBDA GʻALABA QOZONDI.

Xabar berganimizdek, bugun oʻrinbosarlar jamoamiz Fargʻona Davlat universitetining "FARDU" jamoasiga qarshi maydonga chiqishdi. Vakillarimizning toʻliq ustunligi ostida oʻtgan uchrashuvda jamoamiz yirik 4:1 hisobida gʻalaba qozondi. Aziz Alijonov shogirdlari ushbu uchrashuvda quyidagi tarkibda maydonda harakat qilishdi: "Neftchi U-21" 4:1 FARDU "Neftchi" PFK qoshidagi mahorat maktabi stadioni. Gollar: Shodiyor Olimjonov 20 (1:0), 32 daq pen (1:1), Usmon Ikromov 40 (2:1), Azamat Tolibjonov 65 (3:1), Akobir Axmadjonov 75 (4:1). "Neftchi U-21": O. Ageev, M. Mirabrorov, Sh. Yoqubjonov, S. Solijonov, A.Yoʻldashev, Sh. Olimjonov, A. Tolibjonov, S. Toshtemirov, A. Ahmadjonov, M. Xolmatov, U. Ikromov Zaxiradan qoʻshilganlar: Z. Nazirov, Sh. Asqaraliev, X. Umirzaqov, I. Akramov, M. Rustamov. Bosh murabbiy: Aziz Alijonov "Neftchi" PFK matbuot xizmati