Yangiliklarga qaytish
Umumiy

OʻRINBOSARLAR JAMOAMIZ ANDIJONGA YOʻL OLMOQDA

12-fevral, 2024·1 min o'qish
084A6349

Xabaringiz bor, yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrayotgan Aziz Alijonov boshchiligidagi "Neftchi"U21 jamoasi kuni kecha Namangan shahrida boʻlib oʻtgan hokim kubogi musobaqasida ishtirok etdi. Shundan soʻng qisqa taʼtilda boʻlib qaytgan yosh futbolchilarimiz Andijondagi turnirda qatnashish oldidan bugun Qirgulidagi qarorgoh zaxira maydonida mashgʻulotlarni olib borishdi. Maʼlumot uchun, ertaga Andijon shahrida viloyat hokimi kubogi-2024 musobaqasi start olmoqda. Ushbu turnirda 12 ta jamoa 2 guruhga boʻlingan holda bosh sovrin uchun kurash olib boradi. Dastlabki raqibimiz Qirgʻiz Respublikasining "Talant" klubi boʻladi. Uchrashuv soat 9:30 da boshlanadi. Koʻp sonli muxlislarimiz nomidan oʻrinbosarlar jamoasiga kuch-gʻayrat va omadlar yor boʻlishini tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/02/IMG_20240213_080518_060-300x300.jpg]

Ulashish

O'xshash yangiliklar