Yangiliklarga qaytish
Umumiy

OʻRINBOSARLAR BIRINChI DAVRANI QANDAY YaKUNLADILAR?

20-iyul, 2023·1 min o'qish
084A7343

"Neftchi"ning asosiy tarkibi uchun futbolchi yetishtirib beruvchi "baza" hisoblanadigan U-21(oʻrinbosarlar) jamoasi birinchi davra yakunlari boʻyicha beshinchi oʻrinni egalladi. Oʻrinbosarlar jamoasi 13ta oʻyinda raqiblar darvozasiga 18ta gol kiritishga muvaffaq boʻldi. Birinchi davrada maydonda eng koʻp harakat qilgan 5 nafar oʻyinchi quyidagilar: Doniyor Valiev - 1080 daqiqa Fahriddin Muhammadov - 1056 daqiqa Muhammadali Xolmatov - 1056 daqiqa Shoxrux Yoqubjonov - 1019 daqiqa Xumoyun Bozorboev - 918 daqiqa Azamat Tolibjonov - 879 Jamoa toʻpururlari: Abdulvosid Vosidjonov - 3 ta Akobir Ahmadjonov – 3 ta Muhammadali Xolmatov 2 ta Fahriddin Muhammadov - 2 ta "Neftchi"( U-21) soʻnggi 4 turda 6 ta gol urishga erishdi. 5ta tur bahslari magʻlubiyatsiz tugallandi. Eng tezkor gol 20- daqiqada, Abdulloh Olimov tomonidan" Olimpik"( U-21) darvozasiga kiritildi. Birinchi davradagi uchrashuvlarda oʻrinbosar futbolchilariga 19 marta sariq kartochka koʻrsatildi, lekin hech kim maydondan chetlashtirilmadi. 🟡"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar