Oliy liga. 15 oktyabr kuni II bosqichga qurʼa tashlanadi

Bilasiz, bir necha kun muqaddam Oʻzbekiston ayollar terma jamoasining noyabr oyidagi FIFA kunlari uchun rejasiga aniqlik kiritildi. Unga koʻra, vakilalarimiz Vengriyaga yoʻl oladi hamda mamlakat bosh jamoasiga qarshi oʻyinlarda maydonga tushadi. Shundan kelib chiqib, OʻzPFL taqvim reja boʻyicha quyidagilarni maʼlum qiladi. 15 oktyabr kuni Oliy liga 18-tur uchrashuvlari bilan I bosqich yakuniga yetadi. Shu kunning oʻzida, aniqrogʻi, kech soat 20:00 da II bosqich uchun qurʼa tashlab beriladi. Oʻz navbatida 19-tur oʻyinlari 21 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi. Mos ravishda 20-21 tur uchrashuvlari 27 oktyabr hamda 1 noyabr sanalarida oʻtkaziladi. Oliy liganing soʻnggi ikki tur uchrashuvlari FIFA kunlaridan keyinga rejalashtirilgan. Shu tariqa 22-23 turlar mos ravishda 21 hamda 25 noyabr kunlari oʻtkaziladi. manba: pfl.uz