Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"OLIMPIK"-"NEFTChI"  PREVYu

21-may, 2023·1 min o'qish
75731_medium

Raqibimiz Toshkentning "Olimpik" jamoasi mamlakatimizning eng yosh klublaridan boʻlib, 2021 yilda tashkil topgan. Bundan asoosiy maqsad, 2024 yilda Fransiya poytaxti Parijda boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritishga harakat qilayotgan Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasiga munosib futbolchilarni tayyorlashdan iboratdir. Temur Kapadze bosh murabbiyligidagi klub 2021 yil futbol mavsumida Pro liga musobaqalarida omadli qatnashib, Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Jamoa uy uchrashuvlarini poytaxtdagi JAR sport arenasida oʻtkazib kelmoqda. "Neftchi" futbol klubi milliy chempionatimiz doirasida "Olimpik" jamoasi bilan Pro ligada 4 marta va Superligada ikki marta oʻzaro toʻqnash kelishgan.Bularning 2 tasida "Olimpik" gʻalaba qozongan, 3 ta uchrashuvda murosa koʻchasi tanlangan va bitta bahsda fargʻonaliklar ustun kelishgan.Toʻplar nisbati 8:4 toshkentliklar foydasiga. Qayd etilgan barcha uchrashuv natijalarini keltirib oʻtamiz. SUPERLIGA 10.05.2022y. "Neftchi"-"Olimpik" 0:0 08.10.2022y. "Olimpik"-"Neftchi" 1:1 PRO LIGA 22.03.2021y. "Neftchi"-" Olimpik" 0:0 08.06.2021y. "Olimpik"-" Neftchi" 3:0 24.09.2021y. "Neftchi"-"Olimpik" 3:2 08.11.2021y "Olimpik"-"Neftchi" 2:0 "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar