"OLIMPIK"-"NEFTChI" BAHSIDA AKMAL RAHIMOV HAKAMLIK QILADI
5-oktabr, 2022·1 min o'qish

Xabaringiz bor, Superliganing navbatdagi 21-tur uchrashuvida Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" futbol klubi "Olimpik" jamoasi bilan raqobatlashadi. Mazkur oʻyinda faoliyat olib boradigan rasmiy shaxslar roʻyxati eʼlon qilindi. Unga koʻra, Toshkentda boʻlib oʻtadigan bahsni Akmal Rahimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Soca-Cola Superliga 21-tur 8 oktyabr (shanba) "Olimpik"-"Neftchi" JAR stadioni Soat 19:00 da Hakamlar: Akmal Rahimov, Rishat Nugmanov, Dilshod Jumaniyozov, Alisher Toʻxtasinov Nazoratchi: Bobur Haydarov Komissar: Bekzod Aripov "Neftchi" PFK matbuot xizmati