OKMK - "NEFTChI" PREVYu

OKMK futbol klubi 2004 yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qoshida tashkil etilgan. 2008 yildan boshlab mamlakatimiz Oliy divizionida oʻz yurishini boshlagan OKMK jamoasi shu kungacha "Neftchi" klubi bilan milliy chempionatimiz doirasida oʻzaro 27 marta toʻqnash kelgan. Bunda 8 ta bellashuvda OKMK, 12 tasida "Neftchi" ustunlik qilgan. 7 ta uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan. Umumiy toʻplar nisbati 47-37 "Neftchi" foydasiga. Oʻzaro oʻyinlarda OKMKning eng yirik gʻalabasi 3:0, "Neftchi"ning eng yirik gʻalabasi 4:0 koʻrinishida boʻlgan. Superliganing birinchi davra 4-tur uchrashuvida jamoalar Fargʻonada kuch sinashib, 2:2 hisobidagi durang natijasiga imzo chekishgan. Olmaliqda qayd etilgan oxirgi 5 uchrashuv natijalarini keltirib oʻtamiz. 27.05.2022. OKMK-"Neftchi" 3:1 15.09.2018 OKMK-"Neftchi" 0:1 08.07.2018 OKMK-"Neftchi" 2:2 30.09.2017. OKMK-"Neftchi" 1:2 08.05.2016.OKMK-"Neftchi" 3:0 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati