NOXUSH AN'ANAGA CHEK QO'YILDI

Xabaringiz bor, "Neftchi" Superligada shu kungacha "Olimpik" bilan bo'lib o'tgan bahslarda g'alaba nimaligini bilmayotgan edi. Bugungi bellashuvda esa ushbu noxush an'anaga chek qo'yildi va vakillarimiz toshkentlik futbolchilarni mag'lubiyatga uchratishdi. Kutilganidek, uchrashuv jamoamizning faol va tezkor hujumlari ostida boshlandi. Ketma-ket tashkillangan ushbu hujumlar 14-daqiqada o'z samarasini berdi.Mehmonlar jarimasi ichiga yorib kirgan Bilolxon Toshmirzaev darvozaga zarba yo'lladi, ammo darvozabon bu to'pni qaytarishga erishdi, qaytgan to'pga qulay pozisiyada bo'lgan Effiong Nsungusi kuchli zarba bilan darvozani aniq nishonga olib o'yindagi hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi 1:0. 27-daqiqada esa mehmonlar hujumchisi Sunnatilla Abdullajonov himoyachilarimizni ortda qoldirib darvozamizga yo'llagan kuchli zarbasini Akbar To'raev seyv namoyish etib, xavfni bartaraf etdi. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda har ikkala jamoada gol kiritish uchun imkoniyat yaratildi. Dastavval Abbosxon G'ulomovning kuchli zarbasi darvoza ustiniga tegib qaytdi, bir necha daqiqa o'tib huddi shunday holat mehmonlar tomonidan amalga oshirildi. Bu vaziyatda ham kuchli zarba darvozamiz to'siniga tegib, maydonni tark etdi. Ikkinchi bo'limda tarkib borasida ancha yosh bo'lgan "Olimpik" futbolchilari jamoamizga jiddiy qarshilik ko'rsatishdi. Ular tomonidan uyushtirilgan tezkor hujumlar vakillarimizni bir muncha ter to'kishlarini talab qildi. Lekin, tajriba bobida ustun bo'lgan futbolchilarimiz barcha xavfni bartaraf etishga muvaffaq bo'lishdi. Uchrashuvning 71-daqiqasida sahnaga ikkinchi bo'limda o'yinga qo'shilgan Aziz Amonov kirib keldi. Uning himoyachilar orasidan qochib ketib bergan kuchli zarbasi darvoza to'ridan joy egalladi 2:0. Hujumkorlikda davom etgan jamoamiz navbatdagi golini 77-daqiqada amalga oshirdi. Bu vaziyatda ham tajribali va mohir hujumchimiz Aziz Amonov kuchli zarbasi bilan mehmonlar posbonini dog'da qoldirib, uchrashuvda dublga erishdi 3:0. Qolgan daqiqalarda vakillarimiz bir qator golli vaziyatlarga ega chiqqan bo'lsalarda, final hushtagi yangraganda tablodagi yirik 3:0 hisobi o'zgarishsiz qoldi. Bugungi muhim g'alaba farg'onalik jonkuyar muxlislarimizga katta zavq va quvonch bag'ishladi. Biz esa jamoamizni va barcha futbolsevar ishqibozlarimizni ushbu g'alaba bilan muborakbod etamiz. "Neftchi" – "Olimpik" 3:0 24 avgust. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:00 Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov Qanot hakamlari: Zufar Eliboev, Elnur Doniyorov Zaxira hakami: Isroil Imomnazarov VAR: Edita Mirobidova AVAR: Alisher Rahimqulov Nazoratchi: Mo'min Majidov Komissar: Oybek Yunusov Gol: Nsungusi Effiong (Bilol Toshmirzaev) 13, Aziz Amonov (Nsungusi Effiong) 70, Aziz Amonov (Anvar G'ofurov) 77, 3:0 "Neftchi": 45.Akbar To'raev, 2.Zoir Jo'raboev, 4.Boyan Siger, 11.Javohir Qahramonov (22.Azizbek Amonov,46), 20.Anvarjon G'ofurov, 24.G'ulom Haydar Gulyamov, 30.Quvondiq Ro'ziev (8.Sardor Abduraimov, 81), 55.Manuchehr Safarov, 70.Abbosjon G'ulomov, 77.Bilolxon Toshmirzaev, 99.Nsungusi Effiong (9.Husayn Norchaev, 81) Zaxira: 16.Asrorbek Kenjaev, 10.Shohruz Norxonov, 14.Xurshid Muxtorov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 28.Behruzbek Oblaqulov, 66.Doniyor Valiev. "Olimpik": 99.Edem Nemanov, 8.Nodir Abdixoliqov, 9.Akbar O'ktamov, 10.Farruh Muxtorov (15.Muhsin Bozorov, 67), 18.Akbar Abdirasulov (30.Oybek O'rmonjonov, 60), 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 22.Shahzod Toirov, 44.Sherzod Komilov, 64.Samandar Qodirov (11.Anvar Alijonov, 60), 70.Muhammadbobur Mo'ydinov, 77.Sunnatilla Abdullajonov ( 2.Mirkomil Abdurazzoqov, 67) Zaxira: 32.Jahongir Bo'riev, 5.Maqsud A'loxo'jaev, 17.Jaloliddin Sodiqov, 29.Ulug'bek Sharipov, 81.Abdulaziz Abdusalomov. Ogohlantirish: Akbar O'ktamov ("Olimpik") 18