NOXAQLIKMI YoKI TASODIF?

Xabaringiz bor, jamoamiz bugun Oʻzbekiston Superligasining qoldirilgan 17-tur bahsida Olmaliqda OKMK mehmoni boʻldi. Uchrashuv haqida maʼlumotga egasiz,jamoamiz 89 daqiqada Muhsin Ubaydullaevning goli evaziga muhim ochkoni qoʻlga kiritdi.Bellashuvda eng esda qolarli voqealar koʻp boʻldi va ushbu voqelikka bosh hakam va VAR hakamlarining qarorlari turtki boʻldi, deb aytsak aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki, uchrashuvning birinchi boʻlimidagi belgilangan penalti juda ham bahsli holat hisoblanadi. Tajribali Lutfulla Toʻraev Sanjar Tursunovga nisbatan qoida buzilgan deb topilishi bu inson omillari nuqtai nazariga toʻgʻri keladimi? Yaʼni, chap oyogʻini koʻtargan Toʻraev oʻng oyoq uchini yerga qoʻyganda Tursunov oyogʻi uning tagiga kelib qolgan. Toʻraev uning oyogʻini bosmasligi uchun havoda kamida 3 sekund turishi zarur edi. Lekin hakam VARga murojaat qildi yoki VARdagilar Tantashevga murojaat qilishdi. Maʼlumot oʻrnida, bugungi oʻyinda VAR hakami LUTFULLIN xisoblanadi Lutfullin oxirgi ikki turdan beri muxlislarimizga ancha tanish boʻlib ulgurgan. Sababi, ushbu hakam jamoamiz ishtirokidagi soʻnggi "Soʻgʻdiyona" bilan.boʻlib oʻtgan bahsda ham ikki golimizni hisobga olmagan edi.Lutfullinning qarorlaridan norozi boʻlgan muxlislarimiz maydonga chiqib kelganligini qayd etgan tartib intizom qoʻmitasi jamoamizga "Yaxshigina" jarima ham qoʻllagani hech kimga sir emas. Xullas, ushbu hakam bugungi uchrashuvda ham VARda faoliyat olib borib, jamoamiz darvozasi tomon penalti belgilanishida juda katta rol oʻynadi.Bundan esa unumli foydalanib, gol urgan OKMK jamoasi hisobda oldinga chiqib oldi. Shundan soʻng jamoamiz tomonidan 44 daqiqada kiritilgan javob toʻpini Tantashev inobatga oldi, biroq VAR hakamlarining qarorlari bilan gol yana bekor qilindi. Ikkinchi boʻlim avvalida yana katta sahnaga bosh hakam bilan VAR hakamlari chiqishdi. Maydon markazida Mirzohid Gʻofurov bilan toʻp uchun kurashda oʻta qoʻpol zarba ishlatgan Islom Toʻxtaxoʻjaevga bosh hakam Tantashev ikkilanib oʻtirmay futbolchiga qizil kartochka koʻrsatdi. Biroooqqq, VAR yana ishga tushdi. Tantashev darhol Lutfullinga labbay, deb javob berdi. VARni koʻrib chiqishda oʻzida jasorat topa olgan Tantashev ushbu vaziyatda qizil kartochka yoʻqligi va bu vaziyat faqat ogohlantirish bilan kifoya qilish mumkinligini jamoatchilikka koʻrsatib berdi. Vaholanki, Mirzoxid Gʻofurov ushbu vaziyatda jarohat oldi va koʻp oʻtmay esa ushbu jarohat tufayli maydonni erta tark etishiga toʻgʻri keldi. Bundan tashqari uchrashuvning 85 daqiqadasida jamoamiz burchak toʻpi tepish xuquqiga ega boʻldi. Toʻpni Muxitdinov raqib jarima maydonchasi ichiga chiroyli yetkazib berdi. Toʻp uchun kurashda esa Anvar Gʻofurovga nisbatan raqib futbolchisi qoʻpol oʻynadi va toʻpni maydondan uzoqlashtirib tepib yubordi. Ushbu vaziyatda VAR hakamlari Tantashevga mazkur holatni qayta koʻrib chiqish uchun ogohlantirmadi ham... Shundan soʻng jamoamiz gol urishga erishdi. Yaxshiyamki, ushbu vaziyatda qoida buzilishi mumkin boʻlgan holat yoʻq edi, boʻlmasa bilmadik... Shunaqa gaplar, doʻstlar! Oldinda jamoamizni yana bir qiyin oʻyin kutib turibdi. Ushbu uchrashuv 31avgust kuni "Istiqlol" stadionida boʻlib oʻtadi. Qiyin uchrashuv deyilishiga sabab ikkita. Birinchisi, ushbu vodiy derbisi uchrashuviga namanganlik hakam tayinlangani boʻlmoqda. Xabaringiz bor, jamoamiz Oʻzbekiston Superligasi 17-turidan soʻng aynan Namanganning "Navbahor" jamoasi bilan ochkolari soni boʻyicha teng. Ushbu uchrashuvga nega aynan namanganlik hakam tayinlangani juda ham taajjubli. Ikkinchi omil, "Andijon" jamoasi ham hozirda ancha kuchli oʻyin koʻrsatmoqda va jamoalarning turnir jadvalidagi oʻrni muhim xisoblanmaydi. Derbi oʻz oʻzidan derbidir. Xullas, muxlislarimizga sabr tilagan holda jamoamiz ishtirokidagi oʻyinlarda yolgʻizlatib qoʻymasliklarini soʻrab qolamiz. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati