Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI"(U-18) — OʻZBEKISTON ChEMPIONI!

17-noyabr, 2021·1 min o'qish
20211116_160446

U-18 Chempionati. 23-tur. 16 noyabr, seshanba AGMK – NEFTChI – 2:4 (1:2) Olmaliq. “Metallurg” stadioni. 45 tomoshabin. Hakamlar: Vadim Agishev, Timur Galeev, Rishat Nugmanov Nazoratchi: Aleksandr Popov Komissar: Ravshan Mavlonov Gollar: Murat Ermatov (30), Islom Toʻrexanov (78) – Martavali Turgʻunov (3), Oblayorbek Rahmatov (20, 49), Azamatjon Tolibjonov (71) Ogohlantirishlar: Bexruz Jumaev (36), Sardor Saydullaev (86), Ibrohim Tohirov (87) – Martavali Turgʻunov (25), Akobirjon Ahmadjonov (38). Olmaliq shahrida U-18 birinchiligining yakunlovchi 23-tur bahsida AGMK- " Neftchi " uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy oʻtgan oʻyinda jamoamiz vakillari 2:4 hisobida chiroyli gʻalabaga erishib, mamlakatimizda ilk bor U-18 jamoalari oʻrtasida Oʻzbekiston chempioni degan sharafli unvonga sazovor boʻlishdi. Uzoq davom etgan (U-18) yoshlar marafonidagi hayajonli va quvonchli lahzalarni bizga taqdim etib, yakunda chempionlikni qoʻlga kiritilishida qoʻshgan ulkan va munosib hissalari uchun jamoamiz rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilariga kattadan-katta minnatdorchilik bildirib qolamiz. Shu jumladan, vaqtlarini ayamay,har bir oʻyinda yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlagan jonkuyar muxlislarimizga ham rahmatlar aytib qolamiz. Gʻalabalarimiz davomiy boʻlsin, azizlar!

photo_2021-11-16_19-51-33photo_2021-11-16_19-52-26DSC_0001DSC_0006DSC_0008DSC_0012DSC_0015DSC_0016DSC_0017DSC_0018DSC_0019DSC_0020DSC_0021DSC_0022DSC_0024DSC_0025DSC_0032DSC_0033DSC_0034DSC_0035DSC_0036DSC_0037DSC_003820211116_15565420211116_15570520211116_15594020211116_16040420211116_16042420211116_16044620211116_16062220211116_160643DSC_0054DSC_0060DSC_0061DSC_0063DSC_0065DSC_0066DSC_0068DSC_0069DSC_0071DSC_0072DSC_0075DSC_0076DSC_0077DSC_0079DSC_0080DSC_0081DSC_0083DSC_0084DSC_0087DSC_0091DSC_0102
Ulashish

O'xshash yangiliklar