"NEFTChI"NING YIGʻINLARI BOShLANDI!

Bugun jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrish uchun oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini boshladi. Toshkentdagi birinchi kun yigʻinida Vitaliy Levchenko shogirdlari nazariy va amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etishdi. Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik koʻrayotgan jamoamizning birinchi bosqich mashgʻulotlariga oʻtgan mavsumda harakat qilgan futbolchilar va oʻrinbosarlar jamoasining aʼzolari jalb etilgan. Shuningdek, jamoamiz bilan shartnoma imzolagan Nurillo Toʻxtasinov, oʻtgan mavsum ijara asosida "Buxoro" tarkibida toʻp surgan Xumoyun Sherboʻtaev hamda Chigʻatoy futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, Oʻzbekiston (U-20) terma jamoasi darvozaboni Asror Kenjaevlar ham jamoamiz safida mashgʻulot olib borishdi. Ushbu oʻquv-mashgʻulotlar doirasida jamoamiz oʻrtoqlik uchrashuvlarida ham qatnashadi. "Neftchi" PFK matbuot hizmati.