Yangiliklarga qaytish
Onlayn

"NEFTChI"NING  OʻRTOQLIK OʻYINLARI BELGILANDI

6-sentabr, 2023·1 min o'qish
084A1146

Xabaringiz bor, kechadan boshlab Vitaliy Levchenko bosh murabbiyligidagi jamoamiz aʼzolari tayyorgarlik jarayoniga kirishib, Qirgulidagi qarorgoh stadionida mashgʻulotlarda ishtirok etishdi. Superligada yuzaga kelgan tanaffus paytida murabbiylar shtabi futbolchilarning oʻyin amaliyotini uzluksiz taʼminlash maqsadida bir nechta oʻrtoqlik nazorat bellashuvlarini rejalashtirishgan boʻlib, ushbu oʻyinlar taqvimini muxlislarimiz eʼtiboriga havola etamiz. 12 sentyabr kuni" Neftchi" Qirgʻiziston Respublikasi Premyer liga vakili Oʻshning "Alay" klubini qabul qilsa, 16 sentyabr kuni "Andijon" jamoasi bilan kuch sinashadi. Barcha uchrashuvlar Qirgulidagi "Neftchi" stadionida oʻtkaziladi. Jamoamizga oid barcha yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatishda davom eting. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati

IMG_20230906_165653_658
Ulashish

O'xshash yangiliklar