"NEFTChI"GA YaNGI RAHBAR TAYINLANDI !

Bugun Qirgulidagi "Neftchi" futbol klubi qarorgohida jamoa vakillari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Shu kungacha "Neftchi" PFK bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Muysinjon Mehmonovning sogʻligi bilan bogʻliq boʻlgan muammo tufayli, Moʻysinjon Mehmonov oʻz xohishiga koʻra, egallab turgan lavozimini tark etdi. Jamoaga yangi rahbar etib Toshmatov Mansurbek Oʻrinboevich tasdiqlandi. Yigʻilishda Fargʻona shahar hokimi , Neftchi PFK prezidenti Vosiljon Nazarov , Fargʻona viloyati futbol assosiasiyasi vise prezidenti Nosirbek Otaqoʻzievlar ishtirok etishdi. Joriy mavsumda Superligada jamoa oldiga qoʻyilgan vazifalarni aʼdo etishda sidqidildan mehnat qilib, yangi marralarni zabt etishda va amalga oshirishda qoʻshgan yuksak hissalari uchun Moʻysinjon Mehmonovga katta minnatdorchilik bildirib, toʻplagan tajribalaridan kelib chiqqan holda, ulardan kelajakda jamoani yanada rivojlantirish borasida fikr va maslahatlar olinishiga kelishib olindi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati