Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI" YaNGI FUTBOLChILARNI BILAN ShARTNOMA IMZOLADI

31-iyul, 2022·2 min o'qish
IMG_20220724_181426_601
IMG_20220731_014644_388

YeVGENIY KONYuXOV Yozgi transfer oynasi yopilishiga bir necha soat qolganida jamoamiz Rossiyalik tajribali darvozabon bilan shartnoma imzoladi. Konyuxov jamoamiz bilan mavsum soʻngiga qadar shartnoma imzoladi, Konyuxov 1986 yil 21 noyabr kuni Mura shaxrida tugʻilgan, faoliyatining asosiy qismini Rossiya Primyerligasining “Krilya sovetov”, “Torpedo” Moskva, “Tom” kabi koʻzga koʻringan klublari orqali tanilgan. ANDREY MIShENKO Andrey Mishenko 1991 yilning 7 Aprelida Ukrainada tugʻilgan, u birinchi davrani Superliga vakili Olmaliqning “AGMK” jamoasida oʻtkazgan edi Olmaliqda , endilikda markaziy ximoyachi faoliyatini “Neftchi”da davom etiradi, Mishenko jamoaga erkin agent maqomida kelib qoʻshildi va futbolchi bilan ikkinchi davra ohirigacha shartnoma imzolandi. Nodirxon Neʼmatxonov va Xumoyun Sherboʻtaev "Neftchi" tarkibida nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishga ulgirgan ikki futbolchi Nodirxon Neʼmatxonov va Xumoyun Sherboʻtaevlar bilan klub 31.12.2023 yilgacha shartnoma imzoladi. Jamoamiz bilan shartnoma imzolagan Nodirhon Neʼmatxonov 21.06.2001 yilda tugʻilgan boʻlib, birinchi davrani PRO liga vakili "Shoʻrtan" tarkibida oʻtkazgan boʻlsa, Xumoyun Sherboʻtaev 31.04.2001 yilda tugʻilgan u shu kungacha "Olimpik" PFK tarkibida 4 uchrashuvda maydonga tushgan. SALOMAT QUTTIBOEV Jamoamiz safiga Nukus shahrida tugʻilgan tajribali futbolchii ikkinchi davrada jamoamizga yordam beradi, Quttiboev Oʻzbekistonda deyarli barcha pozisiyada oʻynashi mumkin boʻlgan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi, u faolyati davomida “Mashʼal”,”Soʻgʻdiyona”,”AGMK”,”Buxoro” va ”Metallurg” jamoalarida toʻp surgan, 37 yoshli futbolchi birinchi davrani Bekabodning “Metallurg” jamoasi tarkibida oʻtkazib, 9 uchrashuvda maydonga tushgan. ALEKSEY LARIN Klub murabbiylar shtabi taklifiga koʻra, jamoamiz safiga Ukrainalik Aleksey Larin kelib qoʻshildi. 28 yoshli himoyachi jamoaning ximoya chizigʻini kuchaytirish uchun taklif etilgan. Larin bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolandi. Aleksey Larin 04.07.1994 yilda tugʻilgan u birinchi davrada Superliga vakili Toshkentning “Pahtakor” jamoasida faoliyat olib bordi va musobaqa doirasida 8 uchravuvda maydonga chiqib bir bor sariq qartochka olgan, u jamoamizga erkin agent maqomida kelib qoʻshildi, futbolchi jamoamiz bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi ! FOZIL MUSAEV Jamoamiz yarim himoya qoʻrgʻonini tajribali yarim himoyachi Fozil Musaev bilan toʻldirib oldi , Fozil Musafev bugungacha milliy chempionatlarimizda «Mashʼal», «Nasaf», «Lokomotiv», «Bunyodkor»,”Turon” jamoalari safida, legioner sifatida xorij chempionatlarida «Sepaxon», (Eron), «Jubilo Ivata», (Yaponiya) «Al-Muayzir» (Qatar) klublarida harakat qilgan, birinchi davrani Musaev Bekabodning “Metallurg” jamoasi tarkibida oʻtkazib, 9 uchrashuvda maydonga tushgan, uning tajribasi jamoaning muvafaqqiyatlariga omili boʻlishini tilab qolamiz Biz yangi qoʻshilgan futbolchilarga jamoamizdagi faoliyatiga omad tilab, jamoamiz gʻalabalariga munosib hissa qoʻshishlarini tilab qolamiz ! “Neftchi” PFK matbuot hizmati

IMG_20220731_014639_007IMG_20220731_133944_159IMG_20220731_014646_265IMG_20220731_014641_494IMG_20220731_020124_091
Ulashish

O'xshash yangiliklar