"NEFTChI" XALQARO OʻRTOQLIK UChRAShUVIDA QATNAShADI.
9-oktabr, 2023·1 min o'qish

Vitaliy Levchenko bosh murabbiyligidagi jamoamiz aʼzolari 11 oktyabrdan boshlab, tayyorgarlik jarayoniga kirishadi. Superligada yuzaga kelgan tanaffus paytida murabbiylar shtabi futbolchilarning oʻyin amaliyotini uzluksiz taʼminlash maqsadida oʻrtoqlik nazorat bellashuvi oʻtkazish rejalashtirishgan boʻlib, Oktyabr oyining 15 sanasida "Neftchi" Qirgʻiziston Respublikasi Premyer liga vakili Oʻshning "Alay" jamoasi bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs Fargʻona shahridagi "Istiqlol" stadionida oʻtkaziladi, uchrashuv soat 18:00da boshlanadi. Jamoamizga oid barcha yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatishda davom eting. 🟡"Neftchi" PFK matbuot xizmati