“NEFTChI” XALQARO OʻRTOQLIK UChRAShUVIDA MAYDONGA TUShADI
21-sentabr, 2022·1 min o'qish

FIFA kunlari sababli Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida jamoamiz 23 sentyabr kuni Quvasoydagi “Sementchi” oʻyingohida qoʻshni Qirgʻiziston respublikasining Oʻsh shahri sharafini himoya qiluvchi Qirgʻiziston Premyer ligasi vakili “Kaganat” klubi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida qatnashadi. Mazkur oʻrtoqlik bahsida futbolchilarimizni qizgʻin qoʻllab-quvvatlash maqsadida barcha jonkuyar muhlislarimizni shu kuni Quvasoydagi "Sementchi" stadioniga taklif qilamiz. Eslatib oʻtamiz, uchrashuv soat 16:00 da start oladi. “Neftchi” PFK matbuot hizmati