"Neftchi" U-21 da nima gaplar?

Neftchining kelajagi va asosiy tarkib uchun futbolchi yetishtirib berish "mashinasi" Neftchi U-21 jamoasini iqtidorli mutaxassis va Neftchining shonli onlarida klubda faoliyat olib borgan Aziz Alijonov boshqarib bormoqda. Uning qoʻl ostida Neftchi U-18 Oʻzbekiston chempioniga aylangan edi. Keling xozir yoshlar (U-21) jamoasiga toʻxtalib oʻtsak. Ular xam asosiy tarkib kabi musobaqada 10- oʻrinda ketishmoqda, mavsum yarmida Alijonov yana bosh murabbiylikka tayinlangach, 5 gʻalabani qoʻlga kiritib, jadvalda ancha yuqorilab olishdi. Futbolchilar statistikasiga etibor qaratadigan boʻlsak, Faxriddin Muxammadov jamoa toʻpurari boʻlib turibdi. Uning hisobida 8 gol bor. Azizbek Olimov va Doniyor Madaminovlarda esa 4 gol mavjud. Bundan tashqari, qishda "Bunyodkor" safiga ketgan futbolchilarning qaytishi xam yoshlar jamoasi oʻyinini ancha kuchaytirdi. Yigitlarning eng yirik gʻalabasi 7-4 boʻlib, Qoʻqon-1912 U-21 ustidan qozonilgan. Magʻlubiyatsiz seriya esa 5 oʻyinni tashkil qiladi. Eng tezkor gol 3- daqiqada qiritilgan. 25- turga qadar jami 40 gol: 19 ta gol 1-taymda, 21 gol esa ikkinchi taymda darvozaga kiritilgan. Futbolchilarning maydonda xarakat qilgan daqiqalar boʻyicha kuchli beshlik quyidagicha: Faxriddin Muxammadov - 1724 daqiqa Doniyor Valiev - 1640 daqiqa Rahmonjon Roʻziev - 1606 daqiqa Islom Akramov - 1589 daqiqa Martavali Turgʻunov - 1466 "Neftchi" PFK matbuot hizmati