"NEFTChI"-"TURON" PREVYu

Coca-Cola Superliganing 6-turida sevimli "Neftchi" jamoamiz 17 aprel kuni oliy diviziondagi viloyatimizning ikkinchi ishtirokchisi Yaypanning "Turon" klubini Fargʻona derbisida qabul qiladi. Raqibimiz "Turon" klubi 2017 yilda "Turon-Eco Sement" korxonasi tasarrufida tashkil topgan boʻlib, professional futbolga 2019 yilda qadam bosgan. Shu yili Pro liganing "V" guruhida ishtirok etgan jamoa muvaffaqiyat qozonib, liganing "A" guruhiga yoʻllanma oldi va 2020 yilda Pro liga gʻolibi sifatida Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston futbolida tez suratlarda katta yutuqlarga erishgan yosh jamoaning Superligadagi debyut mavsumi esa omadsiz chiqdi va jamoa oʻsha yilning oʻzidayoq yana Pro ligaga ravona boʻldi. Buning asosiy omillaridan biri, jamoaga kuchlilar bilan raqobatlashishda tajribaning yetishmovchiligi boʻldi desak, aslo mubolagʻa boʻlmaydi.Lekin Pro ligaga qaytan jamoa tushkunlikka tushmadi va oliy divizionga qaytish vazifasini maqsad qilib, oxirigacha kurashdi. Oʻtgan yili Pro ligada uchinchi oʻrinni egallagan yaypanliklar Superliga vakili boʻlgan "Lokomotiv" klubi bilan oʻtish oʻyinida ishtirok etib gʻalaba qozondi va bir yillik tanaffusdan soʻng Superligaga qaytdi. "Neftchi" va "Turon" jamoalari Superligada ilk bor uchrashmoqda.Bungacha raqiblar faqat Pro liga bellashuvlarida bir-biriga roʻbaroʻ kelishgan. Ularning natijalari bilan tanishing 01.12.2020. "Neftchi"-"Turon" 0:1 15.11.2020. "Turon"-"Neftchi" 0:2 28.10.2020. "Neftchi"-"Turon" 1:1 21.09.2020. "Turon"-"Neftchi" 1:1 ✅"Neftchi" PFK matbuot xizmati