Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI" - "TURON" OʻYIN ChIPTALARI SAYYoR KASSALARDA SOTUVDA

15-aprel, 2023·1 min o'qish
IMG_20230416_084142_840

Xabaringiz bor, ertaga Oʻzbekiston Superligasi 6 tur doirasida "Neftchi" Yaypanning "Turon" klubini qabul qiladi. Qiziqarli va shiddatli ruhda kechadigan mazkur uchrashuvga chiptalar sotuvga chiqarilgan. Chiptalarni stadion kassalarida, Fargʻona shaxar markazidagi "Ixlos" market yonidagi chorrahada joylashgan maxsus kassalarda 15000, 20000 va 30000 soʻmdan belgilangan narxlarda xarid qilish imkoniyatiga egasiz. Bundan tashqari, uzoq-yaqindan tashrif buyuradigan muxlislarga "Ye-chipta" xizmatidan foydalanadi. Bunda siz "@echipta_bot" botiga kirib hamyonni toʻldirgan holda O'yinlar ro'yxati >➡️ O`zbekiston kubogi > ➡️ "Neftchi" - "Turon" > ➡️ Chipta sotib olish boʻlimlariga kirib, oʻzingiz xohlagan joydan chipta harid qilishingiz mumkin ! Shoshilib qoling chiptalar miqdori chegaralangan. Eslatib oʻtamiz, uchrashuv 17 Aprel soat 17:00 da "Istiqlol" stadionida boʻlib oʻtadi 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar