“NEFTChI" TURKIYaDA POLShA KLUBLARI BILAN UChRAShADI
23-dekabr, 2022·1 min o'qish

Yangi futbol mavsumiga jiddiy tayyorgarlik koʻrayotgan “Neftchi” jamoasi oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarining birinchi bosqichini Toshkentda olib bordi. 12 dekabr kuni boshlangan mashgʻulotlar 24 dekabr kuni nihoyasiga yetadi. Tayoyrgarlikning ikkinchi bosqichi Turkiyaning Antaliya shahrida olib boriladi. Yigʻinlar davomida jamoamiz nazorat-oʻrtoqlik uchrashuvlarida ham maydonga chiqishi rejalashtirilgan. Vitaliy Levchenko bosh murabbiyligidagi "Neftchi" jamoasi nazorat bellashuvlarida Polsha Respublikasi klublariga qarshi maydonga chiqadi. Avvaliga 11 yanvar kuni “Visla Krakov” jamoasi bilan, 19 yanvar kuni esa “Radomyak” klubi bilan nazorat bahsida kuch sinashadi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati