Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI" TOMA TABATADZE BILAN ShARTNOMA IMZOLADI.

21-dekabr, 2022·1 min o'qish
IMG_20221221_203329_775

Bugun jamoamiz 31 yoshli gruziyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi. "Neftchi" aʼzosiga aylangan legioner futbolchi hujum chizigʻida harakat qiladi. Toma Tabatadze oʻtgan mavsumda Qozogʻiston Premyer ligasi vakili "Akjayik" futbol klubida toʻp surib, mavsum davomida chempionat va kubok oʻyinlarida jami 20 uchrashuvda maydonga chiqib, 11 ta gol urgan va 8 ta golga assist vazifasini bajargan. Maʼlumot oʻrnida, "Neftchi" jamoasi Toma Tabatadze bilan bir yilga moʻljallangan shartnoma imzoladi. Toma Tabatadzega yangi futbol mavsumida jamoamiz sharafini munosib himoya qilishidagi faoliyatiga yuksak ishonch bildirgan holda, unga omad va zafarlar yor boʻlishini tilab qolamiz. Xush Kelibsan Toma! "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar