"NEFTChI"-"SURXON" PREVYu

Raqibimiz Termizning "Surxon" klubi 1968 yilda tashkil topgan. Milliy chempionatimizda 1992 yilda debyut qilgan jamoa shu yili oxirgi oʻrinni egallab, Oliy ligani tark etishga majbur boʻldi. Lekin, bir yil oʻtgach, yana kuchlilar safiga kelib qoʻshilgan termizliklar 2004 yilga qadar Oliy ligada toʻp surishga muvaffaq boʻldi. 2005-2018 yillar oraligʻida jamoa Birinchi liga va Pro liga musobaqalarida ishtirok etib, 2019 yilda Superligaga qaytgan "Surxon" jamoasi hozirgi kunda Surxondaryo viloyatining yagona vakili sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Jamoalar shu kungacha milliy chempionatimiz doirasida oʻzaro 27 marta toʻqnash kelishgan. Bularning 20 tasida "Neftchi" ustunlik qilgan, 6 ta oʻyinda jamoalar murosa koʻchasini tanlashgan va faqat bitta bellashuvda "Surxon" jamoasi gʻalaba qozongan. "Neftchi"ning oʻzaro qarama-qarshilikdagi eng yirik gʻalabasi 5:0 koʻrinishida qayd etilgan. Umumiy toʻplar nisbati 70-21 fargʻonaliklar foydasiga. Fargʻonada kechgan soʻnggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha 12.11.2022." Neftchi"-"Surxon" 3:0 19.06.2004."Neftchi"-"Surxon" 3:0 19.04.2003."Neftchi"-"Surxon" 2:0 17.10.2002."Neftchi"-"Surxon" 4:0 29.08.2001."Neftchi"-"Surxon" 3:0 Maʼlumot uchun, joriy yilning 7 may kuni Toshkent shahrida oʻtkazilgan birinchi davraning 9-tur bellashuvida ("Surxon" jamoasi nominal mezbon sifatida bahs yuritgan) durang 2:2 natijasi qayd etilgan. 🟡"Neftchi" PFK matbuot xizmati