Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI"-"SURXON" PREVYu

12-noyabr, 2022·1 min o'qish
20221102184248_084A9341

"Neftchi" jamoasi uchun "Surxon" klubiga qarshi Fargʻonadagi "Istiqlol" stadionida 12 noyabr kuni kechadigan oʻyin Superliga chempionatining soʻnggi 26-tur uchrashuvidir. Jamoalar shu kungacha milliy chempionatimiz doirasida oʻzaro 25 marta toʻqnash kelishgan. Bularning 19 tasida "Neftchi" ustunlik qilgan, 5 ta oʻyinda jamoalar murosa koʻchasini tanlashgan va faqat bitta bellashuvda "Surxon" jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. "Neftchi"ning oʻzaro qarama-qarshilikdagi eng yirik gʻalabasi 5:0 koʻrinishida qayd etilgan. Umumiy toʻplar nisbati 65:19 fargʻonaliklar foydasiga. Maʼlumot oʻrnida, Termizning"Surxon" klubi Oliy liga musobaqalarini 2004 yilda tark etib, Superligaga 2019 yilda qaytgan. Jamoalarning 2004 yilga qadar Fargʻona shahrida kechgan soʻnggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha 19.06.2004."Neftchi"-"Surxon" 3:0 19.04.2003."Neftchi"-"Surxon" 2:0 17.10.2002."Neftchi"-"Surxon" 4:0 29.08.2001."Neftchi"-"Surxon" 3:0 21.05.2000."Neftchi"-"Surxon" 2:1 FAKT! "Neftchi" 2000- va 2003-yilgi mavsumlarning 26-turida ham Surxon bilan toʻqnash kelgan va ikkala oʻyinda ham 3-1 hisobida gʻalaba qozongan. Agar "Neftchi" soʻnggi turda "Surxonni magʻlub etsa, bu raqibi ustidan qozongan 20- gʻalabasi boʻladi! Bugungi oʻyinni boshqarib boradigan bosh hakam Ibrohim Ismoilov ushbu oʻyin orqali oʻzining Superligadagi debyutini nishonlaydi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar