Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI" - "SURXON" OʻYINI ChIPTALARI  SOTUVDA!

20-oktabr, 2023·1 min o'qish
IMG_20231020_060315_894

Xabaringiz bor, 22 oktyabr soat 17:00da Oʻzbekiston Superligasi 22-tur doirasida sevimli "Neftchi" jamoamiz Termizning "Surxon" klubini qabul qiladi. Qiziqarli va shiddatli ruhda kechadigan mazkur uchrashuvga chiptalar sotuvi boshlandi, chiptalar faqat stadionning maxsus kassalarida 20000-30000 va ikki markaziy sektor 40000 soʻmdan belgilangan narxlarda sotiladi. Stadion maʼmuriyati murojatnomasiga binoan, futbol bellashuviga stadionning maxsus kassalaridan tashqari harid qilingan qalbaki chiptalar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi va qalbaki chipta bilan stadion hududiga kirishga uringan shaxslarga nisbatan qonun doirasida choralar koʻrilishi boʻyicha muxlislarni ogohlantiradi. Chipta sotib olgan tomoshabinlar bir-birlarini chinakam hurmat qilishlari va futbol bahsini chiptada koʻrsatilgan joyda oʻtirib, tomosha qilishlarini iltimos qilamiz. JAMOAMIZNI STADIONDAN TURIB QOʻLLAB QUVVATLANG! #BIZBIRJAMOAMIZ 🟡"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar