"NEFTChI" - "SOʻGʻDIYoNA" PREVYu

Superliganing 16-turdagi raqibimiz Jizzaxning "Soʻgʻdiyona" klubiga 1970 yilda asos solingan. Sobiq Sovet Ittifoqi chempionatida jamoa "Jizzax","Irrigator", "Boʻston","Zvezda","Yoshlik" nomi bilan toʻp surgan. 1990 yildan boshlab shu kunga qadar jamoa "Soʻgʻdiyona" brendi ostida faoliyat yuritib kelayapti. "Neftchi" futbol klubi milliy chempionatimiz doirasida Jizzax jamoasi bilan 51 marta kuch sinashgan. Bu toʻqnashuvlarda neftchilar 29 marta ustun kelishgan, jizzaxliklar esa 11 bora gʻalaba nashidasini surishgan. Faqat 11 ta uchrashuvda murosa koʻchasi tanlangan. Kiritilgan va oʻtkazib yuborilgan toʻplar nisbati 96-42 fargʻonaliklar foydasiga. "Neftchi"ning" Soʻgʻdiyona" ustidan erishgan eng yirik gʻalabasi 7:0 koʻrinishida aks etgan. "Soʻgʻdiyona"da bu koʻrsatkich 3:0 hisobida qayd etilgan. Fargʻonada boʻlib oʻtgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari bilan tanishamiz 18.03.2022. "Neftchi"-"Soʻgʻdiyona" 1:2 09.11.2018. "Neftchi"-"Soʻgʻdiyona" 0:1 25.05.2018. "Neftchi"-"Soʻgʻdiyona" 0:2 22.09.2017. "Neftchi"-"Soʻgʻdiyona" 1:1 16.04.2016. "Neftchi"-"Soʻgʻdiyona" 0:1 Maʼlumot oʻrnida, "Neftchi" milliy chempionatimiz doirasida oxirgi marta Fargʻonadagi uchrashuvda "Soʻgʻdiyona"ni 2015 yilda magʻlub etgan. Ishonchimiz komil, boʻlajak bahsda bu anʼanaga chek qoʻyilib, sevimli jamoamiz gʻolibona yurishini davom ettiradi va barcha jonkuyar muxlislarimizni hushnud etadi. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati