Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI" - "SOʻGʻDIYoNA" BELLAShUVIGA ChIPTALAR  SOTILMOQDA!

9-avgust, 2023·1 min o'qish
IMG_20230809_114716_475

Xabaringiz bor, 11 avgust kuni Oʻzbekiston Superligasi 16-tur doirasida "Neftchi" Jizzaxning "Soʻgʻdiyona" klubini qabul qiladi. Qiziqarli tarzda kechishi kutilayotgan mazkur uchrashuvga chiptalar sotuvi yoʻlga qoʻyildi. Chiptalar faqat stadionning maxsus kassalarida 20000 va 30000 soʻmdan belgilangan narxlarda sotiladi. ⚡️Stadion maʼmuriyati murojaatnomasiga binoan, futbol bellashuviga stadionning maxsus kassalaridan tashqari harid qilingan qalbaki chiptalar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi va qalbaki chipta bilan stadion hududiga kirishga uringan shaxslarga nisbatan qonun doirasida choralar koʻrilishi boʻyicha muxlislarni ogohlantiradi. ⚡️Chipta sotib olgan tomoshabinlar bir-birlarini chinakam hurmat qilishlari va futbol bahsini chiptada koʻrsatilgan joyda oʻtirib, tomosha qilishlarini iltimos qilamiz. 🟢"Neftchi" PFK jamoasi

IMG_20230809_114716_293
Ulashish

O'xshash yangiliklar