"NEFTCHI" - "QO‘QON-1912" PREVYU

14 mart juma kuni Superliganing 2-tur doirasida viloyat derbisi maqomiga ega bo‘lgan bahs Farg‘onada o‘tkaziladi.Unda "Neftchi" jamoamiz "Qo‘qon-1912" klubini qabul qiladi. Statistikaga yuzlanamiz, "Neftchi" futbol klubi milliy chempionatimiz doirasida "Qo‘qon-1912" jamoasi bilan jami 30 marta o‘zaro kuch sinashgan. Bularning 20 tasida farg‘onaliklar g‘alaba qozongan, 4 o‘yinda murosa ko‘chasi tanlangan va 6 ta bahsda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. Umumiy to‘plar nisbati 73-39 neftchilar foydasiga. Ushbu qarama-qarshilikda "Neftchi"ning eng yirik g‘alabasi 6:1 ko‘rinishida bo‘lgan. Qo‘qonliklarning eng yirik g‘alabasi 3:1 hisobida yakunlangan. Jamoalarning Farg‘onada o‘tkazilgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha 02.03.2022 "Neftchi"-"Qo‘qon-1912" 1:0 29.11.2018 "Neftchi"-"Qo‘qon-1912" 0:2 17.08.2018 "Neftchi"-"Qo‘qon-1912" 1:0 31.03.2017 "Neftchi"-"Qo‘qon-1912" 1:2 10.06.2016 "Neftchi"-"Qo‘qon-1912" 2:1 Bo‘lajak bellashuvda jamoamizga omad yor bo‘lishini va ko‘p sonli muxlislarimizni mamnun etishlarini tilab qolamiz.
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/03/IMG_20250314_085518_899-212x300.jpg]