Yangiliklarga qaytish
Umumiy

“NEFTChI”-"QIZILQUM" PREVYu

29-avgust, 2022·1 min o'qish
20220812201101_084A2110

Oʻzbekiston Soca-Cola Superligasi 17-tur uchrashuvlari doirasida “Neftchi” jamoasi Navoiyning «Qizilqum» klubini qabul qiladi. Jamoalarning milliy chempionatimiz bahslarida oʻzaro toʻqnashuvlar statistikasiga nazar tashlasak, bu yerda sezilarli darajadagi ustunlik fargʻonaliklar tomonida. Oʻtkazilgan oʻzaro uchrashuvlar soni 41ta boʻlib, undan 21ta bahsda «Neftchi» gʻalaba qozongan, 8ta oʻyinda jamoalar murosa koʻchasini tanlashgan va 12ta uchrashuvda «Qizilqum»ning qoʻli baland kelgan. Toʻplar nisbati ham «Neftchi» foydasiga 63-39. Ushbu qarama-qarshilikda «Neftchi»ning «Qizilqum» ustidan qozonilgan eng yirik gʻalabasi 2000 yilda 5:0 koʻrinishida qayd etilgan. Navoiyliklarning eng yirik gʻalabasi 2002 yilda 4:1 hisobida yakunlangan. Eslatib oʻtamiz, "Neftchi"-"Qizilqum" bahsi Yaypan shahridagi "Oʻzbekiston" stadionida oʻtkaziladi. Uchrashuv soat 19:00 da start oladi. Jamoalarning Superliga doirasida qayd etgan soʻnggi 5 uchrashuv natijalari bilan tanishtirib oʻtamiz: 20.04.2018. «Qizilqum»-«Neftchi» 1:0 24.07.2018. «Neftchi»-«Qizilqum» 0:1 19.10.2018. «Neftchi»-«Qizilqum» 3:1 23.11.2018. «Qizilqum»-«Neftchi» 1:1 01.04.2022 «Qizilqum»-«Neftchi» 3:0 "Neftchi" PFK matbuot hizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar