"NEFTCHI" - "QIZILQUM" PREVIYU

Superliganing 19-tur bahsida “Neftchi” jamoasi Navoiyning «Qizilqum» klubini qabul qiladi. Milliy chempionatimizdagi o'zaro o'yinlar statistikasiga yuzlanamiz. Bu yerda sezilarli darajada ustunlik farg'onaliklar tomonida. O'tkazilgan o'zaro 45 ta uchrashuvning 23 tasida «Neftchi» ustunlik qilgan bo'lsa, 10 ta o'yinda jamoalar murosa ko'chasini tanlagan va 12 ta bellashuvda «Qizilqum»ning qo'li baland kelgan.To'plar nisbati ham «Neftchi» foydasiga 68-42. Ushbu qarama-qarshilikda «Neftchi»ning «Qizilqum» ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 2000 yilda 5:0 ko'rinishida qayd etilgan. Navoiyliklarning eng yirik g'alabasi 2002 yilda 4:1 hisobida yakunlangan. Jamoalarning Farg'onada qayd etgan so'nggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha 23.11..2023. "Neftchi"-"Qizilqum" 1:0 29.08.2022. " Neftchi"-"Qizilqum" 2:1 19.10.2018. "Neftchi"-"Qizilqum" 3:1 24.07.2018. " Neftchi"-"Qizilqum" 0:1 26.10.2017. "Neftchi"-"Qizilqum" 2:0 Eslatib o'tamiz, Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida kichik ta'mir ishlari olib borilayotganligi tufayli "Neftchi"-"Qizilqum" bahsi Yaypandagi "O'zbekiston" o'yingohida 19 sentyabr kuni 19:30 da bo'lib o'tadi.