"NEFTChI" - "QIZILQUM" OʻYINI ChIPTALARI SOTUVDA!
21-noyabr, 2023·1 min o'qish

Xabaringiz bor, 23 noyabr soat 18:15 da Oʻzbekiston Superligasi 25-tur doirasida sevimli "Neftchi" jamoamiz Fargʻona shahridagi soʻnggi uchrashuvini Navoiyning "Qiziqlum" klubiga qarshi oʻtkazadi. Qiziqarli va shiddatli ruhda kechadigan mazkur bellashuvga chiptalar sotuvi boshlandi. Chiptalar faqat stadionning maxsus kassalarida 20000-30000 soʻmdan belgilangan narxlarda sotiladi. Chipta sotib olgan tomoshabinlar bir-birlarini chinakam hurmat qilishlari va futbol bahsini chiptada koʻrsatilgan joyda oʻtirib, tomosha qilishlarini iltimos qilamiz. JAMOAMIZNI STADIONDAN TURIB QOʻLLAB-QUVVATLANG! #BIZBIRJAMOAMIZ 🟡"Neftchi" PFK matbuot xizmati