"NEFTChI" QISQA TAʼTILDA
15-iyul, 2023·1 min o'qish

Rossiyada xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazib, yurtimizga qaytib kelgan "Neftchi" futbolchilariga murabbiylar shtabi tomonidan toʻrt kunlik taʼtil taqdim etilgan. 18 iyuldan jamoa aʼzolari Qirgulidagi qarorgohlarida yigʻilib, ikkinchi davra mavsumi hamda navbatdagi oʻrtoqlik oʻyinlariga tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborishadi. Eslatib oʻtamiz, navbatdagi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari 21 va 25 iyul sanalariga belgilangan. Bu galgi raqiblarimiz Tojikiston respublikasining "Esxata" hamda "Xoʻjand" jamoalari hisoblanadi. Jamoamizga oid barcha yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatishda davom eting. 🟢"Neftchi" PFK jamoasi