"NEFTChI" QARORGOHIDA TAʼMIRLASh IShLARI DAVOM ETTIRILADI
2-dekabr, 2022·1 min o'qish

Xabaringiz bor, kecha "Neftchi" jamoasida yangi rahbariyat ishga kirishdi. Bugungi ish kunida klub prezidenti Vosiljon Nazarov hamda jamoa bosh direktori Mansurjon Toshmatov "Neftchi" PFK qarorgoh hududida joylashgan maʼmuriy bino holati va futbol maydonida olib borilayotgan taʼmirlash jarayoni bilan yaqindan tanishib, kelgusida amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlarga oydinlik kiritdilar. Unga koʻra, "Neftchi" futbol klubi maʼmuriy binosining qayta taʼmirlash ishlari yaqin kunlarda boshlanishi va yangi futbol mavsumi oldidan foydalanishga topshirilishi haqida rejalar belgilab olindi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati




