"NEFTCHI" PFK VA "SOLO PREMIUM WATER" ICHIMLIK SUVLARI O'ZARO SHARTNOMA IMZOLADI.
23-aprel, 2024·1 min o'qish

Farg'ona shahridagi "Alkimyogar Farm" mas'uliyati cheklangan jamiyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan ichimlik suvi barchaga manzur bo'lmoqda. "Solo Premium Water" deb nomlangan bu mineral suvga aholining, ayniqsa sportchilarning talab va ehtiyojlari kun-sayin ortib, yuqori sifati va yoqimli ta'mi tufayli ko'plab iste'molchilar e'tirofiga sazovor bo'lmoqda. Bugun "Neftchi" futbol klubining vakillari shu korxonada bo'lib, yil davomida futbol klubiga yetkazib beriladigan suv hajmini aniqlab, shartnoma imzoladilar. Bundan tashqari ushbu korxona jamoamiz fan klubiga ham asosiy xomiy xisoblanadi. O'zaro hamkorlik barchaga omadli kelsin! "Neftchi" PFK matbuot xizmati