"NEFTChI" PFK VA "SAFO" IChIMLIK SUVLARI OʻZARO ShARTNOMA IMZOLADI.
20-mart, 2023·1 min o'qish

Namangan viloyati Namangan tumanidagi "Ziyo bulogʻi" masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan ichimlik suv barchaga manzur boʻlmoqda. "Safo" deb nomlangan bu mineral suvga aholining, ayniqsa sportchilarning talab va ehtiyojlari kun-sayin ortib bormoqda. Bugun "Neftchi" futbol klubining vakillari shu korxonada boʻlib yil davomida futbol klubiga yetkazib beriladigan suv hajmini aniqlab, shartnoma imzoladilar. Oʻzaro hamkorlik barchaga omadli kelsin! 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati