"NEFTCHI" PESHQADAM!

Ushbu tur bahsini ham Jizzaxda "Dinamo"ga qarshi o'tkazgan jamoamiz uchrashuvni faollik boshladi. Birinchi bo'lim boshlarida bir nechta xavfli vaziyat yaratgan futbolchilarimiz keyinchalik biroz xotirjamlikka berilib, o'yindagi tashabbusni asta sekinlik bilan raqiblariga berib qo'ydilar. Bundan foydalanishga uringan samarqandliklar birin-ketin darvozamiz tomon hujumlarni ko'paytirib, xavfli vaziyatlarni uyushtirishga harakat qildilar. Lekin, posbonimiz ushbu vaziyatlarda xavfni bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi. Bo'lim oxirida vakillarimiz chiroyli kombinasiya orqali xavfli hujumlarni amalga oshirdilar. Lekin, zarbalar noaniq chiqib, birinchi bo'lim gollarsiz yakun topdi. Ikkinchi bo'limda bir qator o'zgartirishlarni amalga oshirgan neftchilar ancha mazmunli o'yin namoyish etishga kirishib, 51-daqiqada Effiong Nsungusining aniq uzatmasidan so'ng Abbosjon G'ulomov kuchli zarba yo'llab, hisobni ochishga erishdi. Shundan so'ng mezbonlar jonlanib hisobni tenglashtirishga katta kuch sarflashga majbur bo'ldilar. Lekin, ushbu bellashuvda barcha imkoniyatlarini ishga solib, mazmunli o'yin ko'rsatgan vakillarimiz yakunda g'alabali hisobni saqlab qoldilar va turnir jadvalida peshqadam bo'lib qoldilar. Navbatdagi uchrashuvda ham vakillarimizga g'oliboni yurishlarini va futbolsevar muxlislarini xursand qilishlarida omad yor bo'lishini tilaymiz. Dinamo" - "Neftchi" 0:1 10 mart 2024. Jizzax, "So'g'diyona" stadioni. 17:15 Bosh hakam: Firdavs Norsafarov. Qanot hakamlar: Dilshod Jumaniyozov, Artyom Kalinin. Zaxira hakam: To'rabek Suyunov. VAR hakam: Rustam Lutfullin. AVAR hakam: Baxtiyorxo'ja Shavkatov. Nazoratchi: Timur Galeev. Komissar: Davron Ibrohimov. Gol: Abbos G'ulomov 51, - 0:1 (Nsungusi Effiong). "Dinamo": 13. Ravshanbek Yagudin, 3. Ulug'bek Abdullaev (21. Anvarjon Xojimirzaev, 58), 4. Odilbek Abdumajidov, 7. Fransis Narx (6. Artyom Sokal, 13), 8. Hislat Halilov, 9. Humoyunmirzo Iminov (23. Farruh Ikromov, 58), 10. Joel Kojo (35. Emmanuel Yagr, 85), 17. Salim Mustafoev (s), 20. Ratinio, 22. Sanjar Shoahmedov, 44. Dushan Miyich. Zaxira: 1. Farhod Rahmatov, 11. Damir Temirov, 18. Dilshod Rahmatullaev, 30. Abubakir Mo'ydinov, 77. Vohidjon Oqbo'taev. "Neftchi": 35. Sanjar Quvvatov, 2. Zoir Jo'raboev, 7. Jasur Jaloliddinov (23. Diyor Turopov, 46), 9. Husayn Norchaev (77. Bilolxon Toshmirzaev, 46), 11. Javohir Qahramonov (18. Mixay Roman, 90+4), 19. Mirzohid G'ofurov (c), 20. Anvarjon G'ofurov, 21. Muxsinjon Ubaydullaev, 24. G'ulom-Haydar G'ulomov, 70. Abbosjon G'ulomov (55. Manuchehr Safarov, 84), 99. Effiong Nsungusi (10. Shohruz Norxonov, 84). Zaxira: 45. Akbar To'raev, 3. Jaloliddin Jumaboev, 14. Xurshid Muhtorov, 17. Sanjar Qodirqulov, Ogohlantirishlar: Zoir Jo'raboev 34, Odilbek Abdumajidov 65, Muhsin Ubaydullaev 70, Bilol Toshmirzaev 83. "Neftchi" PFK matbuot xizmati
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240310_194827_450.heic]