Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI" - "PAXTAKOR" PREVYu

9-mart, 2023·1 min o'qish
IMG_20230309_190631_356

Oʻzbekiston Coca-Cola Superliga-2023 mavsumini muvaffaqiyatli boshlagan "Neftchi" jamoasi 10 mart kuni 2-tur bahsida mamlakatimizning amaldagi chempioni Toshkentning "Paxtakor" klubini qabul qiladi.Shu kuni minglab futbol ishqibozlari oʻzbek klassikosiga guvoh boʻlishadi. Jamoalarning oʻzaro uchrashuvlar statistikasi esa quyidagicha. Klublar milliy chempionatimiz doirasida 56ta oʻyinda maydonga tushishgan. Bularning 27 tasida "Paxtakor", 20 tasida esa "Neftchi" muvaffaqiyatga erishgan.9 ta bellashuv durang bilan yakunlangan. Umumiy toʻplar nisbati 101-67 "Paxtakor" foydasiga. Kubok bahslarida ham jamoalar 15 marta yuzlashgan.Bu musobaqalarda ham gʻalabalar boʻyicha ustunlik "Paxtakor" tarafida 12-3. Jamoalarning Fargʻonada qayd etgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha: 12.08.2022 "Neftchi"-"Paxtakor" 0:2 12.06.2018 "Neftchi"-"Paxtakor" 1:1 08.03.2017 "Neftchi"-"Paxtakor" 0:0 15.10.2016 "Neftchi"-"Paxtakor" 1:0 30.09.2015 "Neftchi"-"Paxtakor" 3:2 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar