Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTCHI"-"PAXTAKOR"  PREVIYU

1-iyul, 2024·1 min o'qish
IMG_20240701_082811_191

Farg'onadagi "Istiqlol" markaziy o'yingohida bo'lib o'tadigan Superliganing qoldirilgan 5-turbahsi klassiko maqomiga ega. Chunki ushbu bellashuvda azaliy raqiblar hisoblanmish mamlakatimizning grand jamoalari "Neftchi" va "Paxtakor" klublari kuch sinashadi. "Neftchi" hamda "Paxtakor" o'zaro uchrashuvlarining statistikasiga nazar tashlasak, klublar milliy chempionatimiz doirasida 58 marta to'qnashgan. Bu bahslarning 28 tasida "Paxtakor", 22 tasida esa "Neftchi" ustunlikka erishgan, 8 ta bellashuv durang bilan yakunlangan. Umumiy to'plar nisbati 69-96 toshkentliklar foydasiga. Jamoalarning Farg'onada qayd etgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha: 10.03.2023. "Neftchi"-"Paxtakor" 2:1 12.08.2022 "Neftchi"-"Paxtakor" 0:2 12.06.2018 "Neftchi"-"Paxtakor" 1:1 08.03.2017 "Neftchi"-"Paxtakor" 0:0 15.10.2016 "Neftchi"-"Paxtakor" 1:0 Bo'lajak bellashuvda futbolchilarimizga omad va g'alaba yor bo'lishini tilab qolamiz

Ulashish

O'xshash yangiliklar