Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTCHI" - OKMK  PREVIYU

26-may, 2024·1 min o'qish
IMG_20240525_223113_100

Superliganing 9-tur bahsidagi raqibimiz OKMK futbol klubi 2004 yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qoshida tashkil etilgan. Ushbu klub 2008 yildan boshlab O'zbekiston chempionatining Oliy divizionida ishtirok etib kelmoqda. OKMK jamoasi bilan "Neftchi" futbol klubi milliy chempionatimiz doirasida jami 28 marta raqobatlashgan bo'lib, mazkur bellashuvlarda 8 marta OKMK, 12 tasida esa "Neftchi" ustunlik qilgan. 8 ta o'yinda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan. Umumiy to'plar nisbati 48-38 farg'onaliklar foydasiga. O'zaro o'yinlarda OKMKning eng yirik g'alabasi 3:0, "Neftchi"ning eng yirik g'alabasi 4:0 bilan yakun topgan. Farg'onada qayd etilgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha 31.03.2023. "Neftchi"-OKMK 2:2 02.11.2022. "Neftchi"-OKMK 1:3 31.10.2018. "Neftchi"-OKMK 1:1 05.04.2018. "Neftchi"-OKMK 1:3 29.04.2017. "Neftchi"-OKMK 1:1

Ulashish

O'xshash yangiliklar