Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTCHI" - "NAVBAHOR" PREVYU

19-oktabr, 2024·1 min o'qish
084A5031

Superliganing 21-tur doirasidagi markaziy uchrashuvlardan biri Farg‘onadagi "Istiqlol" o‘yingohida kechadi. Vodiy derbisi maqomiga ega bo‘lgan ushbu bellashuvda 29 ochkodan jamg‘arib turnir jadvalida yonma-yon borayotgan jamoalar "Neftchi" hamda "Navbahor" klublari o‘zaro bahs olib boradilar. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston chempionati doirasida jamoalar 59 marta kuch sinashib, 26 ta o‘yinda "Neftchi", 15 ta o‘yinda "Navbahor" ustun kelgan. 18 ta bellashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. Umumiy to‘plar nisbati 82-58 farg‘onaliklar foydasiga. Ushbu qarama-qarshilikda "Navbahor"ning eng yirik g‘alabasi 3:0, "Neftchi"ning eng yirik g‘alabasi 4:1 hisobida qayd etilgan. Farg‘onada bo‘lib o‘tgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha 25.06.2023. "Neftchi"-"Navbahor" 0:0 18.10.2022. "Neftchi"-"Navbahor" 1:2 02.08.2018. "Neftchi"-"Navbahor" 2:1 19.08.2017. "Neftchi"-"Navbahor" 1:1 12.03.2016. "Neftchi"-"Navbahor" 1:0 Eslatib o‘tamiz, Namanganda bo‘lib o‘tgan birinchi davra bahsida mezbonlar minimal hisobda ustun kelishgan. Bo‘lajak bellashuvda farg‘onaliklar g‘olibona qadam tashlab, peshqadamlar safiga kirib olishlarida omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz

Ulashish

O'xshash yangiliklar