"NEFTChI"-"NAVBAHOR" PREVYu

Superliganing 13-turidan oʻrin olgan markaziy oʻyinlardan biri mamlakatimizning nomdor klublari oʻrtasida kechadi. Vodiy derbisi maqomiga ega ushbu bahsda "Neftchi" turnir peshqadami Namanganning "Navbahor" jamoasini qabul qiladi. Oʻzbekiston chempionati doirasida jamoalar shu kungacha jami 56 marta yuzlashgan boʻlib, 26 ta oʻyinda "Neftchi", 14 tasida esa "Navbahor" ustun kelgan. 16 ta bellashuvda jamoalar murosa koʻchasini tanlashgan. Umumiy toʻplar nisbati 81-56 "Neftchi" foydasiga. Oʻzaro uchrashuvlarda "Navbahor"ning eng yirik gʻalabasi 3:0," Neftchi"ning eng yirik gʻalabasi 4:1 hisobida qayd etilgan. Eʼtiboringizga Fargʻonada boʻlib oʻtgan oxirgi 5 uchrashuv natijalarini keltirib oʻtamiz. 04.04.2015 yil. Neftchi - Navbahor 1:0 12.03.2016 yil Neftchi - Navbahor 1:0 19.08.2017 yil Neftchi - Navbahor 1:1 08.08.2018 yil Neftchi - Navbahor 2:1 18.10.2022 yil Neftchi-Navbahor 1:2 "Neftchi" matbuot xizmati