"NEFTCHI" - "NAVBAHOR" PREVIYU

Superliganing 4-tur doirasidagi markaziy uchrashuv Farg'ona shahridagi "Istiqlol" o'yingohida kechadi. Vodiy derbisi maqomiga ega bo'lgan ushbu bellashuvda VitaliyLevchenko boshqaruvidagi sevimli "Neftchi" jamoamiz Namanganning "Navbahor" klubini qabul qiladi. O'zaro to'qnashuvlarga to'xtalamiz. O'zbekiston chempionati doirasida jamoalar 60 marta yuzlashgan.Ulardan 26ta o'yinda "Neftchi",15ta o'yinda "Navbahor" ustun kelgan.19ta bellashuvda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan. Umumiy to'plar nisbati 84-60 farg'onaliklar foydasiga. Ushbu qarama-qarshilikda "Navbahor"ning eng yirik g'alabasi 3:0, "Neftchi"da esa bu ko'rsatkich 4:1 hisobida qayd etilgan. Farg'onada bo'lib o'tgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha 20.10.2024. "Neftchi"-"Navbahor" 2:2 25.06.2023 "Neftchi"-"Navbahor" 0:0 18.10.2022. "Neftchi"-"Navbahor" 1:2 02.08.2018. "Neftchi"-"Navbahor" 2:1 19.08.2017. "Neftchi"-"Navbahor" 1:1 5 apreli shanba kuni bo'lib o'tadigan "Neftchi"-"Navbahor" bellashuvini Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv soat 19:30 da start oladi. Bo'lajak bahsda o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'yib kelayotgan sevimli jamoamizga omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.