“NEFTChI" - "NASAF" PREVYu

Superligada birinchi davraning oxirgi qoldirilgan oʻyinida mamlakatimizning yetuk klublari "Neftchi" hamda "Nasaf" jamoalari oʻzaro bahslashadilar. Ushbu jamoalar hozirgacha milliy chempionatimiz doirasida 48 marta toʻqnash kelishgan. Boʻlib oʻtgan uchrashuvlarning 17 tasida “Neftchi” gʻalaba qozongan. 20 ta uchrashuvda “Nasaf” jamoasining qoʻli baland kelgan. Qolgan 11 uchrashuvda durang qayd etilgan. Toʻplar nisbati boʻyicha ustunlik "Nasaf" tomonida – 54-64 “Neftchi” jamoasining "Nasaf" ustidan qozonilgan eng yirik gʻalabasi 1999 yilda 4:0 hisobida qayd etilgan. Raqiblarimiz esa 2003 yili 4:1 hisobida zafar quchgan. FARGʻONADA OʻTGAN SOʻNGGI BESh UChRAShUV NATIJALARI 22.06.2022. "Neftchi"-"Nasaf" 1:1 22.09.2018.. "Neftchi"-"Nasaf" 3:1 01.03.2018. "Neftchi"-"Nasaf" 0:0 13.10.2017. "Neftchi"-"Nasaf" 0:3 21.06.2016. "Neftchi"-"Nasaf" 2:2 Eslatib oʻtamiz, 8-turning qoldirilgan "Neftchi"-"Nasaf" uchrashuvi soat 20:00 da start oladi. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati