"NEFTChI" - "NASAF" PREVYu

Bu turda Qarshining “Nasaf” jamoasi Yaypanda mehmon boʻladi. Jamoalar milliy chempionatdagi oʻzaro 47-uchrashuvini oʻtkazishadi. Oʻyin 22 iyun, chorshanba kuni Yaypandagi “Oʻzbekiston” stadionida soat 20:00da boshlanadi. Jamoalarning oʻzaro uchrashuvlari tarixidan Mazkur jamoalar hozirgacha milliy chempionatimizda 46 marta oʻzaro bahs olib borishgan. Boʻlib oʻtgan uchrashuvlarning 16 tasida “Neftchi” gʻalaba qozongan. 20 uchrashuvda “Nasaf” jamoasining qoʻli baland kelgan. Qolgan 10 bellashuvda durang qayd etilgan. Toʻplar nisbati boʻyicha ham ustunlik "Nasaf" tomonida – 52-63 “Neftchi” jamoasining "Nasaf" ustidan qozonilgan eng yirik gʻalabasi 1999 yilda 4:0 xisobida qayd etilgan. Raqiblarimiz esa 2003 yili 4:1 xisobida zafar quchgan. Fargʻonada oʻtgan soʻnggi besh uchrashuv 22.09.2018. “Neftchi” – “Nasaf” 3:1 01.03.2018. “Neftchi” – “Nasaf” 0:0 13.10.2017. “Neftchi” – “Nasaf” 0:3 21.06.2016. “Neftchi” – “Nasaf” 2:2 23.05.2015. “Neftchi” – “Nasaf” 0:1 "Neftchi" matbuot xizmati