Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI"  MUXLISLAR TAShRIFI BOʻYIChA BIRINChI DAVRA YeTAKChISI

4-iyul, 2023·1 min o'qish
084A9225

Oʻzbekiston Superligasining ortda qolgan birinchi davrasida jamoamiz uchinchi oʻrinni qayd etdi va shunga monand muxlislarimiz ham "Neftchi"ni yolgʻizlatib qoʻyganlari yoʻq. Har oʻyinda deyarli "Istiqlol" stadioni muxlislar bilan gavjum boʻldi va muxlislarimiz jamoamizning haqiqiy oʻn ikkinchi oʻyinchisi ekanligini koʻrsatib kelishmoqda. Shuningdek jamoamiz birinchi davrada "Istiqlol"da oltita tur uchrashuvlarini oʻtkazdi. Unda jami 77573 muxlis ishtirok etdi. Bu esa, har oʻyinga 12928 muxlis tashrif buyurdi degani va bu natija Oʻzbekiston Superligasidagi eng yaxshi koʻrsatkich hisoblanadi. Tomoshabinlar boʻyicha ikkinchi oʻrinni" Navbahor" jamoasi egallagan. Ularning har oʻyiniga oʻrtacha 12754 nafar muxlis tashrif buyurmoqda. P.S: Statistika PFLning oʻyin haqidagi protokolidan hisoblab chiqildi. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar