Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTCHI" - "METALLURG" PREVIYU

15-mart, 2024·1 min o'qish
084A4942

Superliganing Farg'onada bo'lib o'tadigan ochilish o'yinida sevimli "Neftchi" jamoamiz Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qiladi. Milliy chempionatimiz doirasida neftchilar "Metallurg" bilan 46 marta o'zaro bahs olib borishgan., Bularning 26 tasida "Neftchi" g'alaba qozongan bo'lsa, 11ta uchrashuvda bekobodliklar ustun kelishgan, 9 ta o'yinda murosa ko'chasi tanlangan. Farg'onaliklarning eng yirik g'alabasi 7:1 , bekobodliklarda esa 3:1 ko'rinishida bo'lgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar nisbati 79-41 farg'onaliklar foydasiga. Farg'onada bo'lib o'tgan oxirgi 5 ta uchrashuv natijalari: 29.07.2023. "Neftchi"-"Metallurg" 1:0 22.05.2022. "Neftchi"-"Metallurg" 3:0 24.04.2018 "Neftchi"-"Metallurg" 0:0 25.06.2017. "Neftchi"-"Metallurg" 0:2 01.07.2016. "Neftchi"-"Metallurg" 1:0 Jamoamizga bo'lajak bellashuvda g'ayrat-shijoat va omad yor bo'lishini tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240315_042724_670-300x300.jpg]

Ulashish

O'xshash yangiliklar