Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTCHI"-"METALLURG" O'YINI CHIPTALARI  SOTUVDA!

11-mart, 2024·1 min o'qish
IMG_20240311_202202_757

Xabaringiz bor, 15 mart kuni soat 18:30 da Superliganing 3-tur doirasida sevimli "Neftchi" jamoamiz Farg'ona shahridagi birinchi uchrashuvini Bekobodning "Metallurg" klubiga qarshi o'tkazadi. Qiziqarli va shiddatli ruhda kechadigan mazkur bellashuvga chiptalar sotuvi ertaga 09:00dan boshlab, faqat stadionning maxsus kassalarida 20000-30000-40000 so'mdan belgilangan narxlarda sotiladi. Chipta sotib olgan tomoshabinlar bir-birlarini chinakam hurmat qilishlari va futbol bahsini chiptada ko'rsatilgan joyda o'tirib, tomosha qilishlarini iltimos qilamiz. JAMOAMIZNI STADIONDAN TURIB QO'LLAB-QUVVATLANG! "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar