Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI" - "METALLURG" OʻYIN ChIPTALARI  SOTUVDA!

26-iyul, 2023·1 min o'qish
IMG_20230726_214436_289

Xabaringiz bor, 29 iyul kuni Oʻzbekiston Superligasi 14-tur doirasida "Neftchi" Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qiladi. Qiziqarli va shiddatli ruhda kechadigan mazkur uchrashuvga chiptalar sotuvi boshlandi, chiptalar faqat stadionning maxsus kassalarida 20000 va 30000 soʻmdan belgilangan narxlarda sotiladi. Stadion maʼmuriyati murojaatnomasiga binoan, futbol bellashuviga stadionning maxsus kassalaridan tashqari harid qilingan qalbaki chiptalar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi va qalbaki chipta bilan stadion hududiga kirishga uringan shaxslarga nisbatan qonun doirasida choralar koʻrilishi boʻyicha muxlislarni ogohlantiradi. Chipta sotib olgan tomoshabinlar bir-birlarini chinakam hurmat qilishlari va futbol bahsini chiptada koʻrsatilgan joyda oʻtirib, tomosha qilishlarini iltimos qilamiz. 🟡"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar