"NEFTChI" MAShGʻULOTLARGA QAYTDI
15-avgust, 2023·1 min o'qish

Superliganing navbatdagi uchrashuvini oʻz uyida oʻtkazgan Vitaliy Levchenko qoʻl ostidagi "Neftchi" jamoamiz uch kunlik taʼtilda hordiq chiqarib, bugun Qirgulidagi qarorgohlarida yigʻildilar. Kechki soat 18:00 dan boshlab dastavval trenajyor zaliga yoʻl olishib, u yerda jismoniy holatlarini tiklashga qaratilgan mashqlarni olib borishdi. Soʻng futbolchilar ochiq maydonga qaytgach murabbiylarimiz ishtirokida toʻp bilan muomala qilish orqali mashgʻulotlarni davom ettirdilar. Muxlislarimiz eʼtiboriga bugungi mashgʻulotlar jarayonidan tasvirga tushirilgan lavhalarni havola etamiz. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati




































